🔥 Shok! 1 apreldan boshlab narxlar «uchadi»: benzin, gaz, svet! Hamyoningiz «yig’laydi»!😭

1 apreldan Metan-zapravkalarda gazning ulgurji narxi 700 so‘mga oshib, 2500 so‘m/kub.m bo‘ladi. Benzin, metan va propanga aksiz solig‘i, elektr energiyasi tariflari (maishiy iste’molchilar va quvvatlantirish shoxobchalari uchun) ham oshadi.
Asosiy o‘zgarishlar:
- Benzin, metan, propan: Har bir litr/kubometr uchun aksiz solig‘i 45-72 so‘mga oshadi.
- AGTKSHlar uchun metanning ulgurji narxi 38.8% ga (1800 so‘mdan 2500 so‘mgacha) oshadi, bu esa yakuniy narxning 4722 so‘m/kub.m gacha ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
- Elektr energiyasi: 1 kVt/soat uchun taxminan 100 so‘mga qimmatlashadi. Aholi uchun esa yangi tabaqalashtirilgan tariflar joriy etilmoqda (quyiroqqa qarang).
- Propan: Suyultirilgan gazning ham narxi oshadi, sababi — aksiz solig‘i 49 so‘m/litrga oshmoqda.
Hukumat gaz narxining keskin oshishini oldini olish uchun choralar ko‘rishi mumkin, ammo hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Bu o‘zgarishlar nafaqat haydovchilar, balki butun O‘zbekiston aholisi uchun sezilarli bo‘ladi. Transport xarajatlari (taksi, yetkazib berish, jamoat transporti) oshadi, bu esa *barcha* tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir qiladi – bozordagi ko‘katdan tortib, Uzum Market’dagi so‘nggi iPhone’gacha.
1 apreldan boshlab jismoniy shaxslar uchun elektr energiyasi tariflari
- Oyiga 200 kVt⋅soatgacha — 600 so‘m/kVt⋅soat;
- Oyiga 201 dan 1000 kVt⋅soatgacha — 1000 so‘m/kVt⋅soat;
- Oyiga 1001 dan 5000 kVt⋅soatgacha — 1500 so‘m/kVt⋅soat;
- Oyiga 5001 dan 10 000 kVt⋅soatgacha — 1750 so‘m/kVt⋅soat;
- Oyiga 10 000 kVt⋅soat va undan yuqori — 2000 so‘m/kVt⋅soat.
Benzin narxi ham oshadi
1 apreldan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gaz, motor moylari va aviakerosinga aksiz solig‘i oshadi. Masalan, AI-80 benzinining aksiz solig‘i (oxirgi iste’molchiga sotilganda) 476 so‘m/litrdan 525 so‘m/litrga, suyultirilgan gaz uchun esa 904 ming so‘m/tonnadan 1 million so‘m/tonnaga oshadi. (manba).
Tovar nomi (o‘lchov birligi) | 1 yanvardagi stavka, so‘m | 1 apreldagi stavka, so‘m |
AI-80 va undan yuqori benzin (1 litr / 1 tonna uchun) |
476 | 525 |
633 000 | 700 000 | |
AI-91 va undan yuqori benzin (1 litr / 1 tonna uchun) |
425 | 470 |
565 000 | 621 000 | |
Dizel yoqilg‘isi (1 litr / 1 tonna uchun) |
476 | 525 |
578 000 | 635 000 | |
Suyultirilgan gaz (1 litr / 1 tonna uchun) |
476 | 525 |
904 000 | 1 000 000 | |
Siqilgan gaz (1 kub. m. uchun) | 678 | 750 |
Barcha tovarlar va xizmatlar narxi oshadi
Gaz, benzin va elektr energiyasi narxining oshishi transport xarajatlarini oshiradi, bu esa taksi, jamoat transporti va yetkazib berish xizmatlari narxiga ta’sir qiladi. Natijada, ishlab chiqarish va logistika tannarxi oshadi, ya’ni bozordagi ko‘katdan tortib Uzum Market’dagi iPhone gacha — hamma narsa qimmatlashadi.
зурку яна кутариш керак 1м3 газни 8000 килиш керак….
халкни уйлаб нима керак хамён булса бас бошкаси керакмас