Avtokredit Narxlari 2024

Boshlang’ich to’lovlarsiz avtokredit Poytaxt bankda

“Poytaxt bank” aksiyasini boshladi – bank avtokreditlarni ko‘chmas mulkni garovga boshlang'ich to‘lovsiz beradi.

Реклама

Kreditning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va «General motors» AJ vakolatli dilerlar tarmog‘i orqali sotilgan transport vositalarini xarid qilish rezident jismoniy shaxslarga taqdim yetiladi.

Kredit bo‘yicha foiz stavkasi 23%
Kredit muddati 40 oy
Kredit valyutasi O‘zbekiston so‘mi

Talab etiladigan ta’minot turi: Boshlang’ich to’lov 0% uchun — ko’chmas mulk garovi, boshlang’ich to’lov 30% uchun — sotib olinayotgan avtomobil garovi

Kredit maqsadi:  Birlamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun;
Kredit rasmiylashtirish usuli:  Bank bo’linmalari orqali
Kredit ta’minoti Kafil va / yoki sug‘urta polisi / ko`chmas mulk garovi (ko`p qavatli turar joylardagi xonadonlar)
Kredit sug‘urtasi Sug‘urta kompaniyasi shartnomasiga ko‘ra
Kredit berish komissiyasi Mavjud emas
To‘lov jadvali Bepul
Qarzdorlikni so’ndirish Oylik teng to‘lov bo‘yicha (annuitet)
Erta qaytarilishi To‘liq yoki qisman, Bankga qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsiy hisobingizga kirib
Imtiyozli davr Mavjud emas

Kredit ochish uchun ariza hujjatlar:

Реклама

Avtokredit olish uchun Siz quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

  • Pasport
  • ShJBP (INPS) nusxasi
  • So‘nggi 12 oy davomida olingan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
  • Avtotransport vositasini xarid qilish to‘g‘risidagi shartnoma

Foiz stavkalari qarz oluvchining ma’lumotlarini baholashga muvofiq har bir qarz oluvchi uchun alohida belgilanadi

1 Комментарий

  1. Assalom aleykum. Men oʻqituvchiman. Oylik maoshini 3300000 soʻm. Oʻzimning uyim bor. Boshlangʻich toʻlovsiz mashina olsam boʻladimi? Men Surxondaryodanman. Iltimos mashina olishimga yordam bering.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button