Avval xabar qilinganidek, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi doirasida yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillarning kengaytirilgan komplektatsiyalar qatori uchun 25-may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlaydi.
Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker’ning avvalgi komplektatsiyalariga qo’shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo’lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o’zgarishsiz qoladi.
Yangilangan Primer Plus va Redline komplektatsiyalari ham xuddi boshqa komplektatsiyalaridek UzAuto Motors’ning Asakada joylashgan avtozavodida kuzov payvandlash, bo’yash va yig’ish kabi ishlab chiqarishning to’liq sikli asosida ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish Asaka avtomobil zavodida 620 million dollardan ortiq yo’naltirilgan sarmoya tufayli ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish natijasida amalga oshirilgan GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yo’lga qo’yiladi.
2023-yilning sentabrida Premier Plus va Redline komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.
Avtomobillar avtoixlosmandlar uchun qo’shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadigan yangi opsiyalar bilan jihozlangan.
Quyida keltirilgan modellar uchun kontraktatsiya shartnomasini tuzish mumkin:
Chevrolet Tracker
- LS
- LS Plus
- LTZ
- LTZ Plus
- Premier
- Premier Plus
- Redline
Chevrolet Onix
- Premier 1
- Premier 2
- Premier 2 Plus
- Redline
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan jamiyki asosiy opsiyalariga qo’shimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o’rindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo’shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining taniqli Redline komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, o’ziga xos dizayni va qizil chiziqlari bilan ajralib turadi.