Avtokredit Narxlari 2024UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Aloqabank Avtokredit Shartlari

Реклама

Avtokredit — Birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun mo’ljallangan kredit turi.

Aloqabankning Avtokreditning shartlari

Muddati

Yillik foiz stavkasi

Реклама

Boshlang’ich badal miqdori

Imtiyozli davr

3 yilgacha

24,9 %

Kredit summasining 20 foizi miqdorida

3 oygacha

3 yilgacha

23,9 %

Kredit summasining 36 foizi miqdorida

3 oygacha

3 yilgacha

22,9 %

Kredit summasining 50 foizi miqdorida

3 oygacha

4 yilgacha

25 %

Kredit summasining 30 foizi miqdorida

3 oygacha

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Sotib olinayotgan transport vositasi (transport vositasi kredit muddatiga mos ravishda sug’urtalanishi lozim);
  • Sotib olinayotgan transport vositasi garovi taqdim qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • Yuqoridagi jadvalda belgilanganidan kam bo’lmagan miqdorda omonat garovi (sotib olinayotgan transport vositasi garovi rasmiylashtirilgandan so’ng omonat garovi mablag’i to’liq miqdorda kreditni so’ndirishga yo’naltiriladi);
  • Bankning ichki Kredit siyosati talabidan kelib chiqib, uchinchi shaxs kafilligi.

Avtokredit olish uchun kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • Ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan avtomobillarni xarid qilish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi.

Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha  ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo’lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi).

Kafil yuridik shaxs bo’lganda:

  • Kafil bo’layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • Auditor xulosasi;
  • Kafillik berish bo’yicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni;
  • Ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma).

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button