Avtokredit Narxlari 2024
Avtokredit Sanoat Qurilish Bank (SQB Avto Kredit)
Avtokreditlar UzAuto Motors (GM Uzbekistan) va KIA Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olish uchun beriladi. 20% dan boshlab avtokredit stavkasi. Avtokredit muddati 4 yilgacha. 25% dan boshlab boshlang'ich badal.
Реклама
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni sotib olish uchun avto kredit. Avtokreditlar UzAuto Motors va KIA Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olish uchun beriladi.
Avtokredit muddati 4 yilgacha. 20% dan boshlab avtokredit stavkasi. 25% dan boshlab boshlang’ich badal.
Sanoat Qurilish Bank Avto kredit shartlari
Avtokredit maqsadi Реклама
|
Iste’mol ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqaruvchi va uning rasmiy dillerlaridan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sotib olish |
Avtokredit miqdori |
Avtokredit oluvchining to‘lov qobiliyatidan kelib chiqqan holda 500 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda |
Grafik (to’lov turi) |
Differentsial/annuitet |
Avtokredit ta’minoti |
Avtokredit hisobiga sotib olinadigan avtomobil garovga qabul qilinguniga qadar kredit qaytarmaslik xatarini sug‘urta qilinganlik bo‘yicha sug‘urta polisi taqdim qilinadi |
Kredit muddati |
12 oy |
24 oy |
36 oy |
48 oy |
Imtiyozli davr |
6 oygacha |
|||
Minimal boshlang‘ich badal miqdori |
50% |
25% |
30% |
40% |
Kredit foiz stavkasi |
20% |
22% |
23% |
24% |
Avto Kredit Hujjatlar
- Pasport
- Daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
- Birlamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma.
- Avtomobilni davlat ro’yxatidan o’tqazish xarajatlari;
- Avtomobilni sug’urtalash.
Avtorkeditoluvchiga Qo’yiladigan Talablar
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan va 60 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
- avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- kamida 6 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi.
Assalomu alaykum yaxshimisiz men afto kredit ga mashina olmoqchiman iltimos shu xaqida malumot bering iltimos sizdan
Assalomu aleykum yaxshimisiz man auto kredit olmoxchiman ma`lumot berolasizmi