2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi 6 foizga oshdi, ammo bu o‘sish UzAuto Motors hisobiga emas. Mahalliy bozorning asosiy ulushiga ega bo‘lgan kompaniya ishlab chiqarishni deyarli o‘zgartirmadi — o‘sish atigi 0,49% ni tashkil etdi. Yangi sur’atni ADM Jizzakh (Kia, Haval) va BYD Uzbekistan Factory ta’minladi. Shu bilan birga, Lacetti’ning yo‘qolishi va Tracker’ga talabning kamayishi fonida Cobalt, Onix va Damas ishlab chiqarilishi ko‘paydi.
2025-yil boshida umumiy o‘sish 6% bo‘ldi, lekin bu raqam UzAuto hisobiga emas
2025-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 89 848 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,03% o‘sishni tashkil etdi. Biroq bu ko‘rsatkichning asosiy qismini ADM Jizzakh (Kia, Haval, Chery) va BYD Uzbekistan Factory ta’minladi — UzAuto Motors esa ishlab chiqarishni oshira olmadi.
2025-yil I-choragida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish
UzAuto Motors’ning bozor ulushi bir yilda 90.31% dan 85.59% gacha kamaydi.
Model (yoki brend) | Q1, 2024 | Q1, 2025 | O‘zgarish |
Cobalt | 28 356 | 32 208 | +13.58% |
Damas | 18 996 | 22 409 | +17.97% |
Tracker | 12 025 | 10 513 | -12.57% |
Lacetti/Gentra | 8 811 | 0 | -100.00% |
Onix | 8 338 | 11 774 | +41.21% |
BYD | 0 | 2 913 | — |
Kia | 4 980 | 6 150 | +23.49% |
Chery | 2 990 | 1 996 | -33.24% |
Haval | 205 | 1 885 | +819.51% |
Exeed | 38 | 0 | -100.00% |
Jami ishlab chiqarish | 84 739 | 89 848 | +6.03% |
Birinchi chorakda 75 353 dona avtomobil sotilgan, ya’ni ishlab chiqarish hajmi talabdan 14,5 ming donaga ortiqcha bo‘lgan. (manba)
UzAuto Motors ishlab chiqarishni oshira olmadi
UzAuto Motors 2025-yil I-choragida 76 904 ta avtomobil ishlab chiqardi — bu 2024-yilgi 76 526 donalik ko‘rsatkichdan atigi 0,49% ko‘pUzAuto Motors ishlab chiqarish statistikasi (2025, yanvar–mart)
Model | Q1, 2024 | Q1, 2025 | O‘zgarish |
Cobalt | 28 356 | 32 208 | +13.58% |
Damas | 18 996 | 22 409 | +17.97% |
Tracker | 12 025 | 10 513 | -12.57% |
Lacetti/Gentra | 8 811 | 0 | -100.00% |
Onix | 8 338 | 11 774 | +41.21% |
Jami | 76 526 | 76 904 | +0.49% |
Lacetti ishlab chiqarishdan chiqarilgach, uning o‘rnini Cobalt va Onix egalladi. Damas ishlab chiqarish ham sezilarli oshdi — endilikda uni navbatsiz xarid qilish mumkin. Tracker esa omborlarda yig‘ilib qolgan, kompaniya uni sotish uchun chegirmalar va foizsiz muddatli to‘lovlarni yo‘lga qo‘ygan.
ADM Jizzakh: Haval va Kia ishlab chiqarish o‘smoqda
Model | Q1, 2024 | Q1, 2025 | O‘sish |
Chery | 2 990 | 1 996 | -33.24% |
Kia | 4 980 | 6 150 | +23.49% |
Haval | 205 | 1 885 | +819.51% |
Jami | 8 175 | 10 031 | +22.70% |
Haval ishlab chiqarilishi 9 barobarga oshgan. Kia’ning ham hajmi 23,5% ga ko‘paygan. 2025-yilda bu yerda Kia Sonet kuzovi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
BYD — yarmi O‘zbekistonda yig‘ilgan
2024-yilda 17 132 dona BYD sotilgan bo‘lsa, shundan 4 004 tasi mahalliy ishlab chiqarilgan edi.
2025-yilning 1-choragida 4 045 ta BYD sotilgan, ulardan 2 913 tasi O‘zbekistonda yig‘ilgan. Bu asosan Song Plus Champion va Chazor modellarining yirik uzelli yig‘ilishidir.