O‘zbekistonda Road24 ilovasi yangi “AvtoSignal” funksiyasini ishga tushirdi. Bu funksiya yordamida mashina raqamini bilgan holda haydovchiga xabar yuborish mumkin. Foydalanuvchi quyidagi xabarlarni tanlab, avtomobil egasiga jo‘natishi mumkin:
- Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ygan
- Yo‘lda avariya bo‘lgan
- Faralar yoqilgan (unutib qoldirilgan)
- Mashina evakuatsiya qilinmoqda
- Mashina qulflanmagan
- G‘ildirakda havo yo‘q
- Orqa faralar ishlamayapti
- Rahmat, yo‘l berdingiz
- Zor mashina!
Xabar anonim tarzda jo‘natiladi, biroq haydovchi yuboruvchining geolokatsiyasini ko‘rishi mumkin. Bu funksiyadan foydalanish uchun avtomobil Road24 tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
📲 Road24 Yuklab olish:
Road24 ilovasi haqida qisqacha
“Road24.uz — jarimalar” – YHXBB rasmiy bazasiga ulangan va jarimalarni tekshirish hamda to‘lash imkonini beruvchi ishonchli mobil ilova.
📌 Ilovaning asosiy imkoniyatlari:
Davlat raqami va texnik pasport/PINFL orqali jarimani tekshirish
Bir nechta mashinani nazorat qilish – taksi parklar va kompaniyalar uchun qulay
Jarimalarni fotosurat va videolar bilan ko‘rish
Uzcard va HUMO orqali to‘lov
Chekni saqlab qo‘yish va YHX xodimiga ko‘rsatish
Push-xabarnoma: yangi jarima va 30% chegirma muddati tugashidan 7 va 2 kun oldin eslatma
Sug‘urta va texnik ko‘rikni tekshirish (tez kunda)
E-polis orqali onlayn sug‘urta xarid qilish (tez orada)
VIN raqam orqali YTH mavjudligini aniqlash
YHXBB ma’lumot almashinuvini to‘xtatdi — Road24 ishlashda davom etmoqda
Avvalroq YHXBB matbuot kotibi Zoir Yuldashev Road24 ilovasi bilan ma’lumot almashinuvi to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Endi jarimalar faqat rasmiy “Safe Road YHXX” ilovasi orqali ko‘rsatiladi:
📎 Yuklab olish:
Google Play
App Store
Shunga qaramay, Road24 texnik ko‘magi bu xabarni rad etdi — ilova hozirda to‘liq ishlamoqda. Ayni paytda ikkala dastur ham bir xil xizmatlarni taklif qilmoqda.