Aprelda 19,5 ming dona Cobalt va Gentra ishlab chiqarilgan
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi.
Aprel oyida UzAuto Motors 9965 dona Chevrolet Cobalt va 9531 Chevrolet Lacetti ishlab chiqargan.
Zavod o’tgan yilgi buyurtmalarni iyun oyida tarqatadi. Shunday qilib, bir vaqtning o’zida narxlarning oshishi va shartnomalar ochiladi.
UzAuto Motors mashhur modellarni ishlab chiqarish hajmini tiklay boshladi – aprel oyida deyarli 10 mingta Chevrolet Cobalt avtomobili va shuncha miqdordagi Gentra avtomobillari ishlab chiqarildi.
UzAutoMotors yarim yil ilgari sotuvi to‘xtagan avtomobillarni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Kompaniya yanvar—aprel oylarida salkam 70 ming dona Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqargan. Biroq mazkur avtomobillar sotuvda mavjud emas va shartnomalar qachon qayta tiklanishi ham noaniq.
UzAutoMotors vakili “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar qayerga “ketayotgani” to‘g‘risida maʼlumot berdi.
“Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar eski tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilmoqda. Navbatlar kamaygach, sotuv shartnomalari qayta tiklanadi”, — deydi manba.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, UzAutoMotors joriy yilning yanvar—aprel oylarida 27 739 dona Cobalt, 20 673 dona Lacetti, 19 052 dona Damas, 1 985 dona Nexia T-250 ishlab chiqargan.
2022-yilda ham, 2023-yil dastlabki 4 oyida ham eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘lib qolmoqda.
2022-yil 17-dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvi to‘xtatilgandi. Kompaniya 2023-yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini maʼlum qilgan. Hozirda Tracker va Onix sotuvda mavjud. Ammo narxi 200 million so‘mdan yuqori bo‘lgan bu avtomobillar uchun navbat katta bo‘lib, to‘lov qilgan mijoz mashinasini olishni 1—1,5 yil kutishiga to‘g‘ri keladi.