BYD avtokredit arzonlashtirildi
“Chempion” 5 million so‘mga - BYD avtokredit narxini tushirdi. Yangi modellardan oldin BYD 2024-yilgi mashinalar uchun imtiyozli avtokredit taklifini boshladi. Endi foiz stavkalari bozor narxidan pastroq — yillik 21.9% dan 18.9% gacha.

Yangi model qatori taqdimotidan oldin, BYD 2024-yil ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun imtiyozli avtokredit dasturini ishga tushirdi.
BYD, Ipoteka Bank va Orient Finans Bank bilan hamkorlikda boshlagan bu dastur orqali kredit stavkalari bozor narxlaridan past darajaga tushirildi: yillik 21.9% dan 18.9% gacha.
Avtokredit quyidagi modellarga taalluqli:
- BYD Song Plus Champion DM-i
- BYD Song Pro
- BYD Chazor
Avtostrada ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda faqat 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar mavjud.
BYD avtokredit shartlari
Boshlang‘ich to‘lov | Yillik foiz stavkasi | Kredit muddati |
---|---|---|
20% dan | 21.9% | 60 oy (5 yil) gacha |
30% dan | 20.9% | |
40% dan | 19.9% | |
50% dan | 18.9% |
Kredit olish uchun daromad haqida ma’lumotnoma talab qilinmaydi, ammo kredit summasining taxminan 5% miqdorida qo‘shimcha «sug‘urta» rasmiylashtiriladi.
Avtokredit ta’minoti: sotib olinayotgan avtomobil va sug‘urta polisi. Kredit oluvchining qarz yuki daromadining 50% dan oshmasligi kerak.
Kerakli hujjatlar: pasport yoki ID-karta, dilerlik shartnomasi va garov sug‘urtasi.
50% boshlang‘ich to‘lov bilan avtokredit
Kredit quyidagi rasmiy BYD dilerlarida mavjud:
- Astana Motors Company
- Voris Motors Keles
- MK Direct
- Beni Motors
- A-Autozone
- Uniland — Megawatt
- Bedachi