BYD rasmiy dilerlari Song Plus Champion EV 605 km narxini pasaytirdi.
BYD O‘zbekistonda bahor chegirmali aksiyani o‘tkazmoqda: bu safar 605 km yurish masofasiga ega Song Plus Champion EV ning eng yuqori versiyasi narxi tushirildi. Ramazon oyi davomida maxsus narx amal qiladi:
BYD Song Plus EV 605 km — 412 900 000 so‘m
Bu taklif naqd pulga ham, kreditga ham amal qiladi.
Qora va oq rangdagi avtomobillar mavjud, boshqa ranglardagilarini esa 1-2 oy kutish kerak bo‘ladi.
Biroq, norasmiy dilerlardan farqli o‘laroq, BYD rasmiy avtosalonlari 2024-yil modelini (restayling oldingi) taklif qilmoqda.
Xususiy importchilar takomillashtirilgan avtopilot tizimi bilan 2025-yil modelining xuddi shunday komplektatsiyasini 370 million so‘mga taklif qilmoqda.
Asosiy farq, yangilanish va qo‘shimcha kameralardan tashqari, batareyaga rasmiy 8 yillik kafolat, avtomobilni telefondan boshqarish imkoniyati hamda planshetning rus yoki o‘zbek tilidagi interfeysidir.