Changan avtomobillari Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi

Eng mashhur Changan modellari – Deepal S07, S05, Changan Nevo Q05 va A05 Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan boʻldi. Xitoy avtomobil brendlari yangi proteksionistik siyosatga moslashmoqda: elektromobillar import qilish oʻrniga mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Runking Motor Co. Ltd va Central Asia Motors Co Oʻzbekistonda Changanning asosiy modellari – Deepal S07, S05, Changan Nevo Q05 va Changan Nevo A05 ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha kelishuv imzoladi. Avtomobillar Central Asia Motors Co. zavodida ishlab chiqariladi.

Mahalliy ishlab chiqarish avtomobillarni Oʻzbekiston isteʼmolchilari uchun yanada arzonlashtirishi kutilmoqda.

Kim Oʻzbekistonda Changan ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi?

Loyiha tashabbuskori Runking Motor Co. Ltd – Oʻzbekistonda Changanning rasmiy distribyutori. Kompaniya bir yil oldin – 2024-yil fevral oyida roʻyxatga olingan va Orginfo.uz maʼlumotlariga koʻra, ustav kapitali 2 000 000 soʻmni tashkil etadi. Yagona taʼsischisi va direktori ALIYEV BEGZOD BAXTIYEROVICH.

Avtomobillarni bevosita ishlab chiqarish bilan 2019-yil sentabr oyida 8,8 milliard soʻm ustav kapitali bilan roʻyxatga olingan «Central Asia Motors Co» MChJ shugʻullanadi. Kompaniya direktori KARIMOV AʼZAMJON UMARDJANOVICH.

Central Asia Motors Co 2021-yilda Fargʻonada elektromobil ishlab chiqarishni vaʼda qilgan edi, ammo oʻshandan beri Oʻzbekistonda Jizzaxda BYD zavodi qurildi, ammo Fargʻonada elektromobil ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar berilmadi.

Exit mobile version