Cobalt Midnight avtomobili 155 million so‘m narxda sotuvga chiqadi.
Oldinroq va’da qilingan to‘liq Chevrolet Cobalt 2 restaylingi o‘rniga, UzAuto Motors ishlab chiqarishni Cobalt Midnight versiyasini ishga tushirdi. Yangi versiyada qoraytirilgan faralar, qora disklar va oynalardagi qoplamalar mavjud.
Shunday “oddiy tuning” xaridorlarga 7,3 million so‘mga tushadi, ammo oddiy versiya – Cobalt GX-Style AT Plus – narxi oshmaydi va yaqin orada Chevrolet Cobaltning ikki xil versiyasi sotuvga chiqadi:
- Cobalt GX-Style AT Plus — 147,9 million so‘m (navbat bilan olish mumkin bo‘ladi)
- Cobalt Midnight — 155,2 million so‘m (navbatsiz sotuvda)
Eslatib o‘tamiz, mart oyida UzAuto Motors Chevrolet Cobalt narxini 156,6 million so‘mga ko‘tarishni rejalashtirgan edi. Ammo keng jamoatchilik e’tirozlaridan so‘ng, narx oshirilishi bekor qilindi.