UzAuto Motors Cobalt va Lacetti Shartnomalar Ochildi
UzAuto Motors Cobalt Lacetti Gentra Damas uchun shartnomalar ochdi
UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo’shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarish hajmining o’sishini hisobga olgan holda, Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellarining yangi komplektatsiyalari uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, avvaldan mavjud bo’lgan komplektatsiyalarning narxlari o’zgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda.
Yangilangan komplektatsiyalar qo’shimcha opsiyalar bilan:
Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000
LABO LB2 Plus: 91 669 000
COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000
COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000
LACETTI L-Style Plus MT CNG: 144 111 000
LACETTI L-Style Plus AT: 160 868 000
Avtomobillar uchun shartnomani Chevrolet’ning vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) tuzishingiz mumkin.
Ishlab chiqarisni boshladi deb yolg’on ma’lumot berishdi omborda qolgan yoki exportdan qaytgan talabi oz bo’lgan rangdagi avtolarni sotishdi bir kechada hammasini sotildi men 99 foiz aminman oddiy halq shartnoma qilolgani yo’q nega bunday o’yin qilishadi hayronman biz halqning qadr qimatti yo’qmi shu qadar o’yin qilishadiki UzAvto har qalay eplab olishmoqda halq insof so’ramashni hojati yo’q hech bo’lmaganda ozroq ochiqroq bo’linglar.
Cobilt
COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000
qashqadryo viloyati qamashi tumani