UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillarining yangi partiyasini sotuvga qo’ydi. Bu gal Chevrolet Damas yo’lovchi va yuk avtomobillarini to’lanmagan shartnomalar asosida xarid qilish mumkin. Damas D2 Style Plus modelining narxi o’zgarishsiz qolmoqda, yetkazib berish muddati esa noyabr 2024-yilga belgilangan.
UzAuto Motors Damas avtomobillarini sotish bo’yicha yangi shartnomalarni qayta taklif qilmoqda. Bu safar, to’lanmagan shartnomalar bo’yicha avtomobillar sotuvga qo’yilgan.
Chevrolet Damas yo’lovchi avtomobilining yangi shartnomalari ochilgan bo’lib, yetkazib berish muddati 2024-yil noyabr oyiga belgilangan. Yo’lovchi versiyasi bilan birga, yuk tashish uchun mo’ljallangan Labo versiyasiga ham shartnomalar berilmoqda.
Eslatib o’tamiz, 23-aprel kuni UzAuto Savdo tizimi orqali 24 000 ta shartnoma sotuvga qo’yilgan edi. Shundan Damas D2 Style Plus modelining narxi o’zgarmagan holda 96 932 000 so’m etib belgilangan. O’shanda shartnomalar bir soat ichida tugagan edi.
UzAuto Motors ma’lumotlariga ko’ra, shartnomalar spekulyantlarga tushmagan – 98,8% xaridorlar har bir kishi bitta shartnoma rasmiylashtirgan.