Elektromobillar narxi 1 maydan keskin qimmatlashadi
Rastamojka Elektromobillar uchun 33,7 million so‘mga qimmatlashadi: hukumat elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini 4 baravar oshirdi - bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 120 baravarigacha ko‘tarildi.
Hukumat elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini 4 barobar oshirdi. Elektromobillar narxi 33,7 million so‘mga (2,660 dollar) qimmatlashadi.
Endi bojxona rasmiylashtiruvi paytida 30 BHM o‘rniga 120 BHM to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Elektromobillar narxi 33,7 million so‘mga (2,660 dollar) qimmatlashadi.
Utilizatsiya yig‘imi qanday maqsadlarga sarflanishini Moliya vazirligi aprel oyigacha belgilaydi.
Ammo hozirdanoq aniq bo‘lmoqdaki, asosiy manfaatdor BYD rasmiy «ishlab chiqaruvchisi» bo‘ladi, u o‘z mahsulotlari uchun utilizatsiya yig‘imini to‘lashdan butunlay ozod etilishi mumkin.
Utilizatsiya yig‘imi joriy etilgandan so‘ng «norasmiy» BYD avtomobillari rasmiylaridan biroz arzonroq turadi…
Eslatib o‘tamiz, utilizatsiya yig‘imi Rossiya Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishidan oldin mahalliy avtosanoatni himoya qilish maqsadida «ixtiro qilingan» edi.