Ertaga Cobalt shartnomalarni to‘lashning oxirgi kuni

14-yanvar - Chevrolet Cobalt uchun shartnoma bo‘yicha to‘lovning oxirgi muddati.

14-yanvar kuni 7-yanvarda tuzilgan Cobalt shartnomalari bo‘yicha to‘lov muddati tugaydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni 50 mingta shartnoma tuzilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avtomobil narxining 50 foizini to‘lash uchun 7 kalendar kunini belgilagan.

Shartnoma bo‘yicha to‘lovni bank bo‘limlarida va Munis tizimi orqali to‘lovlarni qabul qiladigan avtosalonlar kassalarida amalga oshirish mumkin.

To‘lanmagan shartnomalar bekor qilinadi va ehtimol, yaqin kunlarda yana bir «kontraktatsiya» bosqichi o‘tkazilishi mumkin.

Exit mobile version