O‘zbekistonliklar qanday mashina xarid qilmoqda?

O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan 20 ta avtomobil modeli

Rasmiy avtomobil bozori hozirda uchta yirik ishlab chiqaruvchi o‘rtasida taqsimlangan: UzAuto Motors (Chevrolet), ADM Jizzax (Kia, Chery, Haval) va BYD Uzbekistan Factory (BYD).

Ushbu reytingga faqat rasmiy dilerlar orqali sotilgan avtomobillar kiritilgan. Tijorat transporti hisoblangan Damas va Labo modellari ro‘yxatdan chiqarilgan.

O‘zbekiston yo‘llarining doimiy mehmoni bo‘lgan Chevrolet hali ham bozordagi yetakchilikni saqlab turibdi — 5 ta modeli TOP-20ga kirgan. Ulardan eng ommabopi — Chevrolet Cobalt bo‘lib, 29 mingdan ortiq sotilgan. Shuningdek, Tracker (7 152 dona) va Onix (4 055 dona) ham kuchli o‘ntalikda. Lacetti ishlab chiqarilishi 2024 yilda to‘xtatilgan bo‘lsa-da, 2025 yilning dastlabki choragida so‘nggi partiyasi — 227 dona sotuvga chiqarilgan.

Kia o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab bormoqda: TOP-20 ro‘yxatida Sonet, Sportage, Sorento va K5 modellarining umumiy savdosi 4 900 donadan oshdi. Eng ko‘p sotilgan model — Kia Sonet — yaqin orada mamlakatda eng ko‘p sotilgan 3 ta model qatoriga kirishi mumkin.

BYD’ning rasmiy modellariga ham talab katta — darhol 6 modeli TOP-20likka kirdi.

Chery uchta model bilan ishtirok etmoqda: Tiggo 7 Pro, Tiggo 2 Pro va Arizo 6 Pro — jami 1 600 dan ortiq sotuv.

Haval brendi esa M6 va Jolion modellarining umumiy 1 181 dona savdosi bilan o‘ziga xos tarzda bozorda mustahkam o‘rin egallayapti.

O‘zbekistonliklar qanday mashina xarid qilmoqda?

Narx segmenti Modellar va savdo hajmi Jami
210 mln so‘mgacha Chevrolet Cobalt (29 017), Chevrolet Onix (4 055), Chevrolet Lacetti (227), BYD Seagull (186) 33 485
270 mln so‘mgacha Chevrolet Tracker (7 152), Kia Sonet (3 922), BYD Chazor (927), Haval M6 (687), Chery Arizo 6 Pro (533), BYD Yuan Up (403), Chery Tiggo 2 Pro (400) 14 024
360 mln so‘mgacha BYD Song Pro DM-i (802), Chery Tiggo 7 Pro (730), Haval Jolion (494) 2 026
360 mln so‘mdan yuqori BYD Song Plus DM-i (1 438), Kia Sportage (370), Kia Sorento (330), Kia K5 (311), Chevrolet Malibu (254), BYD Song Plus EV (160) 2 863

 

Топ-20 самых популярных моделей автомобилей в Узбекистане (январь–март 2025)

Топ 20 авто по продажам в Узбекистане

  1. Chevrolet Cobalt — 29 017 шт.

  2. Chevrolet Tracker — 7 152 шт.

  3. Chevrolet Onix — 4 055 шт.

  4. Kia Sonet — 3 922 шт.

  5. BYD Song Plus Champion DM-i — 1 438 шт.

  6. BYD Chazor — 927 шт.

  7. BYD Song Pro DM-i — 802 шт.

  8. Chery Tiggo 7 Pro — 730 шт.

  9. Haval M6 — 687 шт.

  10. Chery Arizo 6 Pro — 533 шт.

  11. Haval Jolion — 494 шт.

  12. BYD Yuan Up — 403 шт.

  13. Chery Tiggo 2 Pro — 400 шт.

  14. Kia Sportage — 370 шт.

  15. Kia Sorento — 330 шт.

  16. Kia K5 — 311 шт.

  17. Chevrolet Malibu — 254 шт.

  18. Chevrolet Lacetti — 227 шт.

  19. BYD Seagull — 186 шт.

  20. BYD Song Plus Champion EV — 160 шт.

Xulosa

Chevrolet Cobalt O‘zbekiston bozoridagi mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. Bu model va boshqa arzon variantlar bilan birgalikda 210 milliongacha bo‘lgan narx segmenti bozorning qariyb yarmiga teng — 33 mingdan ortiq mashina shu toifada sotilgan.
210–360 million oralig‘idagi segmentda esa raqobat keskin — bu yerda 10 ta turli model xaridorlar e’tiborini tortmoqda. Sedan va krossoverlar o‘rtasidagi tanlov keng, va aynan shu toifa bozorning eng jonli qismini tashkil qilmoqda.

360 million so‘mdan yuqori segmentda esa talab sezilarli darajada kamroq. Biroq bu yerda yetakchilik Chevrolet’dan BYD va Kia tomon o‘tyapti — ular yuqori narxdagi modellar segmentida Chevrolet’ni ortda qoldirmoqda.

Exit mobile version