Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix xaridorlarning ishonchini oqlamaganligi uchun yanvar oyida Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilayotganligi toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi.
UzAuto Motors kompaniyasi e’lon qilingan axborotni haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, axborotning feyk xabar ekanligini rasman ma’lum qiladi.
UzAuto Savdo rasmiy savdo maydonchasi maʼlumotlariga koʻra, Cobalt va Lacetti sotuvining toʻxtab qolishi Onix navbati yana oʻsa boshlaganiga olib keldi. Chevrolet Tracker’ga buyurtmalar ham oshdi.