Toshkent imtihon markazi 1 apreldan boshlab imtihon topshirish narxini 50%ga, 150 ming so’mgacha oshirmoqda. Tariflar beqaror iqtisodiy vaziyat, inflyatsiyaning tezlashishi va valyuta kursining keskin oshishi tufayli o’zgartirilgan.
Allamjonov va uning komandasi O’zbekistonda 50%lik inflyatsiyani yoki dollar kursini 50%ga o’sganini qaerdan oldi ekan? Mayli, balki ular kelajakka boqib, prognoz qilishayotgandir. Lekin imtihon testlarining dollar kursiga qanday aloqasi bor? — Bakiroo.
Ko’rayapsizki, million marta og’iz ko’pirtirilgani bilan, mazkur loyiha faqat va faqat pul o’zlashtirish, tanlov qoldirmasdan pul o’zlashtirishni nazarda tutadi va bu loyihaning harakat xavfsizligiga qanaqadir bog’liqligi bo’lsa, u eng oxirgi o’rinda turadi.