Jarima ballari radarlar va kameralardan bo’lmaydi

YPXlari qoidabuzarlarning talablariga ko‘nishdi: jarima ballari qo‘lda hisoblanadi, faqat YPX inspektori tomonidan qoidabuzarlik rasmiylashtirilgandagina.

Radarlar va kameralar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblamaydi, dastlabki bosqichda ularni faqat YPX inspektorlari bayonnoma tuzish paytida belgilaydi.

Avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari «kelajakda» umumiy tizimga birlashtiriladi.

Shunday ko‘rinib turibdiki, jarima ballari tizimining joriy etilishi yo‘llardagi tartibga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi: faqat o‘ta qaysar qoidabuzarlargina haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lishlari mumkin, tez haydashni yaxshi ko‘radiganlar esa «to‘la-qoch» usuli bo‘yicha harakatlanishda davom etadilar.

Exit mobile version