Redline va Premier Plus: Tracker va Onix Yangi Pozitsiyalar
UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix modellari qatorini yangi komplektatsiyalar bilan kengaytirmoqda
Chevrolet Tracker va Onix Redline avtomobillariga quyidagi asosiy optsiyalar qo’shildi:
Chevrolet Tracker Redline
• Haydovchi o’rindig’ini 6 yo’nalishda elektr boshqaruvi;
• Isitish tizimiga ega charm qoplamali rul;
• Old va orqa o’rindiqlarni isitish tizimi (pastki va orqa tomondan);
• Old oynaning butun maydonini isitish;
• Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
• Dvigatel osmasi himoyalangan;
• Qora rangdagi radiator panjarasi;
• Qizil hoshiyali qora rangdagi 17 o’chamli og’ishgan disklar.
Chevrolet Onix Redline
• Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
• Dvigatel osmasi himoyalangan;
• Qora rangdagi radiator panjarasi;
• Qizil hoshiyali qora rangdagi 17 o’chamli og’ishgan disklar;
• Isitish tizimiga ega orqa yon oynalar.
Chevrolet Tracker va Onix komplektatsiyalaridagi mavjud barcha asosiy optsiyalariga nisbatan Plus komplektatsiyalarida quyidagi qo’shimcha optsiyalar qo’shilgan:
Chevrolet Tracker Premier Plus
Chevrolet Tracker Plus komplektatsiyasida:
• Haydovchi o’rindig’ini 6 yo’nalishda elektr boshqaruvi;
• Isitish tizimiga ega charm qoplamali rul;
• Xrom chiziqli tashqi kuzov rangidagi eshik tutqichlari;
• Old va orqa o’rindiqlarni isitish tizimi;
• Old oynaning butun maydonini isitish;
• Isitish tizimiga ega orqa yon oynalar;
• Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
• 130A generatori (100A o’rniga);
• Dvigatel osmasi himoyalangan;
• Tortish ilgagi.
Chevrolet Onix Premier Plus
Chevrolet Onix Plus komplektatsiyasida:
• Qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar;
• Dvigatel osmasi himoyalangan;
• Old va orqa o’rindiqlarni isitish tizimi;
• Isitish tizimiga ega charm qoplamali rul;
• 130A generatori.
Premier 2022 Pozisiya Opsiyalari
Chevrolet Tracker va Onix modellarining Premier komplektatsiyasidagi asosiy optsiyalarini eslatib ketamiz:
• LED yoritgichli kunduzi ishlaydigan chiroqlar;
• Ergonomik o’rindiqlar;
• 1,2 l, 190Nm aylanma harakatdagi va 132 ot kuchiga egazamonaviy CSS Prime uch silindrli Turbo dvigatel;
• 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi;
• Aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo’lda harakatlanishda — 5.6 l/100 km;
• Past tezlikda avtomatik tormozlash tizimi (yo’lda to’siqlar bo’lsa);
• Ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi;
• favqulodda faol tormozlash;
• Yo’lda to‘siqlar haqida ogohlantirish;
• Oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish;
• 6 ta xavfsizlik yostiqchasi;
• Yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
• Haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
• Kruiz-kontrol;
• Salonga kalitsiz kirish va dvigatelni ishga tushirish tizimi;
• Charm qoplamali 3 spitssali rul;
• Eko-charm/vinil qoplamali o‘rindiqlar
• Yomg’ir datchigi;
• Simsiz zaryadlash;
• 8 dyumli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlayva Android Auto bilan mos keladigan).