Yangi BYD modeli O‘zbekistonga kelmoqda
Yangi avlod elektromobillari orasida BYD brendining Sea Lion seriyasi alohida e’tiborga loyiq. 2024 yilda global bozorlarda taqdim etilgan BYD Sealion 07 modeli O‘zbekiston avtomobil ishqibozlari orasida ham qiziqish uyg‘otmoqda. Sealion Narxi, texnik xususiyatlari va dizayn jihatidan Tesla Model Y bilan bemalol raqobatlasha oladigan ushbu krossover haqida eng muhim ma’lumotlarni shu maqolada jamladik.

Sealion 07 kelyapti! BYD’ning yangi modeli endi O‘zbekistonga kirib kelmoqda
2025 yil iyun oyida O‘zbekistonda BYD Sealion 07 modeli ilk bor paydo bo‘ladi. Yangi global model e-Platform 3.0 Evo bazasida ishlab chiqilgan va hozircha faqat norasmiy yo‘llar bilan olib kelinmoqda.
🔹 Sealion 07 — Song Plus Champion (ya’ni Sealion 6) ning “katta akasi”
🔹 Texnik jihatdan Song L bilan bir xil
🔹 To‘liq komplektatsiya: 523 ot kuchi, 0–100 km/soat — 4.5 soniya!
💰 Bozordagi narxi hozircha taxminan 450 million so‘m
Xitoyning BYD kompaniyasi global elektromobil bozorida tobora kuchayib borayotgan yetakchilardan biri sifatida tanilgan. Kompaniya “Ocean” va “Dynasty” nomli ikkita dizayn liniyasi orqali o‘z modellarini farqlaydi. Yangi BYD Sealion 07 — aynan Ocean seriyasining vakili bo‘lib, o‘zining zamonaviy, oqilona va aerodinamik dizayni bilan ajralib turadi.
Sealion 07 ilk bor 2023 yil noyabr oyida Guangzhou avtosalonida namoyish etilgan va 2024 yildan boshlab Xitoy va global bozorlarda sotuvga chiqarildi. U BYD e-Platform 3.0 Evo platformasida yaratilgan bo‘lib, avvalgi BYD modellari, xususan, Song L bilan bir xil texnik asosga ega. Biroq dizayn jihatidan Sealion 07 ancha sokin, silliq chiziqlarga ega bo‘lgan sportiv krossoverdir.
Mazkur model BYD’ning Seal (sedan) va Sealion 6 (oilaviy krossover) modellaridan keyin joylashadi. Sealion 07 ayni vaqtda eng sportiv, eng qudratli va eng zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan krossover hisoblanadi.
Kim uchun mos?
Agar siz zamonaviy elektromobil izlayotgan, sifat, quvvat va ichki dizaynga alohida e’tibor beruvchi xaridor bo‘lsangiz, Sealion 07 siz uchun ayni muddao. Ayniqsa, Tesla Model Y bilan raqobat qila oladigan kuchga ega bo‘lganini inobatga olsak, bu model O‘zbekiston bozorida ham o‘z o‘rnini topishga loyiq.
BYD Sealion 07 Narxi
Ayni damda Sealion 07 O‘zbekistonga rasmiy dilerlar orqali hali olib kelingani yo‘q, biroq bozorda “seryiy” (norasmiy) import orqali cheklangan miqdorda paydo bo‘lgan.
Norasmiy Sealion 7 narxlar
-
Sealion 07: taxminan 450 million so‘m (~35 000 USD)
-
Song L: 475 million so‘m (~36 500 USD)
Qiziq tomoni shundaki, texnik jihatdan Sealion 07 va Song L deyarli bir xil bo‘lsa-da, O‘zbekiston bozorida ko‘pchilik Song L’ni tanlamoqda — sababi uning dizayni yanada agressiv va ko‘zga ko‘rinimli. Sealion 07 esa nisbatan klassikroq, ehtimol bu ko‘pchilik uchun kamroq jozibador tuyulyapti.
Rasmiy narxlar va dilerlar orqali keladigan versiyalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Shuningdek, rasmiy komplektatsiyada ba’zi funksiyalar yo‘qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
BYD Sealion 07 Texnik xususiyatlari
Quyida Sealion 07 AWD Excellence — eng yuqori komplektatsiyadagi modelning to‘liq texnik tafsilotlari keltirilgan:
Parametr | Ko‘rsatkich |
---|---|
Platforma | e-Platform 3.0 Evo |
Privoz | To‘liq (old va orqa motorli) |
Motorlar | 2 ta elektromotor, doimiy magnitli |
Umumiy quvvat | 390 kVt (523 ot kuchi) |
Aylanma moment | 670 Nm |
0–100 km/soat tezlashuv | 4.5 soniya |
Eng yuqori tezlik | 215 km/soat |
Batareya turi | Blade Battery (LFP), 82.56 kVt·soat |
Zaxira yurish (WLTP) | 502 km gacha |
Tezkor quvvatlash (DC) | 170 kVt gacha, 30–80% — 25 daqiqa atrofida |
Uzunligi | 4 830 mm |
Kengligi | 1 925 mm |
Balandligi | 1 620 mm |
G‘ildirak bazasi | 2 930 mm |
Klires (yerdan balandlik) | 170 mm atrofida |
G‘ildiraklar | 20 dyuymli yengil qotishmali disklar |