Sergeli avto bozordan avto kredit Asia Alliance Bank da
Kredit muddati 36 oygacha, yillik foiz stavkasi 26,99%
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (GM Uzbekistan, UzAuto Motors, KIA) avtotransport vositasini ikkilamchi bozordan xarid qilish uchun avto krediti.
Ikkilamchi bozorda avtokredit
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (GM, KIA) avtotransport vositasini ikkilamchi bozordan xarid qilish uchun iste’mol krediti.
Avto Kredit Qarz oluvchi tomonidan Avtotransport vositasi qiymatining kamida 20% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan, ikkilamchi bozordan sotib olinadigan Avtotransport vositasining Bank va Avto kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan baholash dalolatnomasiga asosan baholangan narxning eng ko’pi bilan 80% gacha miqdorida beriladi.
Ikkilamchi bozordan avtotransport vositasini xarid qilish uchun iste’mol krediti quyidagi muddatga va ko’rsatilgan foiz stavkasida ajratiladi:
Boshlang’ich badal miqdori |
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Avtomobil narxining 20 %idan kam bo`lmagan miqdorda |
||
36 oygacha |
yillik 26,99% |
Qarz oluvchida avtokredit bo’yicha oylik to’lovlarni hisoblash usulni tanlash imkoniyati mavjud.
Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil miqdorda amalga oshiriladi (annuitet), ikkinchisi esa – kredit muddati davomida kamayib boradi (differensial usul).
Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtotransport vositasini xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar (komission to’lovlar) mavjud emas.
Avtotransport vositasining garov mulki sug’urtasi bo’yicha to’lovlar miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi;
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- Kredit olish uchun ariza.
- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
- Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
- Avtotransport vositasining oldi- sotdi tshartnomasi. (uch tomonlama shartnoma: vositachi sotuchi+sotib oluvchi+sotuvchi).
- Kredit ta’minoti bo’yicha xujjatlar.
- Mustaqil baholovchi tashkilot xisoboti.
Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.