UzAuto Motors Shartnomalari Sotish — Harom
O‘zbekiston musulmonlari idorasi UzAuto Motors avtomobillari uchun shartnomalar sotishni taqiqladi.
Mashina shartnomasi bo’yicha sotish mumkinmi, deb javob beradi O’zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
UzAuto Motors avtosalondan olingan shartnomani boshqaga sotish mumkinmi?
So‘nggi kunlarda esa internetdagi turli platformalarda UzAuto Motors mashinalari uchun shartnoma sotilishi haqidagi e’lonlar ko‘payib qoldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markaziga «Bugungi kunda ba’zilar avtosalonlardan shartnoma olib, boshqasiga ma’lum bir mablag‘ evaziga sotmoqdalar. Shu ish joizmi, degan savolga kelib tushdi.
«Yo‘q, bu ish shar’an joiz emas. Chunki birinchidan, bu yerda bir qarashda shartnomaning o‘zi sotilayotganga o‘xshab ko‘ringani bilan, aslida shartnoma predmeti bo‘lgan mashina savdo moli bo‘lib, unga qilinadigan to‘lov shartnoma egasining nomidan amalga oshiriladi va mashina ham uning nomiga chiqadi. Ya’ni sotuvchi hali qo‘liga kirmagan mashinani ustiga foyda qo‘yib sotadi. Bu ish esa, shar’an joiz emasdir.
Ko‘char mol-mulklarni savdosi ularni qo‘lga kiritishdan oldin joiz emasdir. Zero, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam qo‘lga kiritilmagan narsaning savdosidan qaytarganlar. Chunki bu savdoda sotilgan narsa (xaridor qo‘liga yetib borishidan oldin) halok bo‘lishi, ya’ni unga talafot yetishi mumkinligi e’tiboridan savdo kelishuvi buzilishi xavfi mavjud.
Ikkinchidan, mashinaga to‘lov qilayotgan shaxs shartnoma egasining nomidan to‘lov qilgani uchun mashina ham shartnoma egasining nomiga chiqadi. U notarial idora orqali xaridor nomiga o‘tkazib bermagunicha mulk ham uning ixtiyorida bo‘ladi va xaridor aldanib qolish ehtimoli mavjud. Bu esa shariatda man qilingan g‘arar – aldov ustiga qurilgan savdo hisoblanadi.
Uchinchidan, aksariyat holatlarda bu kabi shartnoma sotuvchilar bir nechta shartnomani qo‘lga kiritib, ularni sotishga harakat qiladi. Masalan, 134 mln 294 ming so‘mlik avtomashina ustiga shartnomani olib bergani uchun 1200 dollar ustama qo‘yadi. Tabiiyki, bu narsa avtoulov narxining oshishiga sabab bo‘ladi. Sun’iy ravishda narxlarni oshirishdan Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qaytarganlar», – – deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi javobida.
Moshina