Shartnomalar Qachon Ochiladi?

Chevrolet Onix sotuvi boshlanayotganda (shunda ham bir necha ming shartnoma tuzilgan edi), to'lanmagan shartnomalar 10-12 kun keyin qo'l bilan bekor qilinadi.

24 soat ichida 4-5 avgust kuni Cobalt, Lacetti va Damas uchun 50 mingdan ortiq shartnoma tuzildi.

To’lanmagan shartnomalar tizimga 7 taqvim kuni ichida chiqishi kerak edi. Ammo bu sodir bo’lmadi.

Ko’rinishicha, SAP asosida avtomatlashtirilgan sotuv tizimi joriy etilganiga qaramasdan, shartnomalar to’lov muddati tugaganidan so’ng darrov bekor qilinmaydi, bu noaniqlik va shubhali vaziyatga sabab bo’ladi.

UzAuto Motorsda boshqa shartnomalar bo’lmaydi. Avtomobil uchun shartnoma olish juda qiyin bo’ladi

Va, haqiqatan ham, UzAuto Motors o’z va’dalarini bajarmayapti, chunki u to’lanmagan shartnomalarni 7 taqvim kuni ichida qayta tuzishni e’lon qilgan edi. Bir hafta o’tib, bu shartnomalar Telegram-bot UzAvto Savdo’ga qaytmadi.

Joriy yilning 4-avgust kunidan boshlab  deyarli 51 000 ga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga to’lov amalga oshirildi. Bu joriy yil yakuniga qadar UzAuto Motors zavodlarining ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiq.

Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizmini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo’yicha barcha avtomobillar 2023-yilda o’z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi.

Kutish vaqtini uzayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktatsiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

 

Bu kabi noaniqliklarning texnik asosli bo’lishini umid qilamiz, lekin bu biror «sxema» uchun mo’ljallangan emasligini umid qilamiz.

Exit mobile version