Shavkat Mirziyoyev autokredit uchun chegirmaga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi

Prezident qarori bilan avtokreditga chegirma taqiqi bekor qilinishi kutilmoqda. UzAuto Motors endilikda avtokredit orqali avtomobil sotib olayotgan mijozlarga chegirma berishdan bosh torta olmaydi.

UzAuto Motors endilikda avtokredit orqali avtomobil sotib olayotgan mijozlarga chegirma berishdan bosh torta olmaydi.

O‘zbekistonda avtosalonlar avtomobil xaridida to‘liq to‘lov amalga oshirilganda katta chegirmalar taklif qiladi. Ammo amaldagi tartibga ko‘ra, banklar ushbu chegirmalarni avtokredit rasmiylashtirishda inobatga olmaydi. Bu masala O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Agar banklarga ushbu chegirmalarni hisobga olishga ruxsat berilsa, avtokredit stavkasi 4% ga arzonlashishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev ushbu cheklovni mahalliy avtomobillar uchun bekor qilish muhimligini ta’kidladi.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu o‘zgarish, birinchi navbatda, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Tracker, Onix va Captiva 5 modellari uchun maxsus aksiyalarga ta’sir qiladi. Kompaniya deyarli bir yildan beri xaridorlarni jalb qilish maqsadida katta chegirmalar e’lon qilib kelmoqda.

Savol tug‘iladi: nega zavod shunchaki avtomobil narxlarini tushirmaydi? 🤔

Exit mobile version