Сobalt bo‘yicha shartnomalar bo‘lmaydi — Yaqin orada UzAuto Motors shartnomalar ochishni rejalashtirmayapti

UzAuto Motors yaqin orada Cobalt uchun shartnomalar ochilishini rad etdi. Shu bilan birga, arzon avtomobillar sotuvi qachon boshlanishi haqida izoh berilmagan.
18 mart kuni o‘zbek telegram-segmentida Style AT va Midnight komplektatsiyasidagi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar tez orada ochilishi haqidagi xabarlar to‘lqini kuzatildi.
O‘sha kuni kechqurun UzAuto Motors rasmiy raddiya e’lon qildi — kompaniyada Cobalt uchun shartnomalar tez orada ochilishi haqidagi xabarlar feyk deb ataldi.
Shu bilan birga, UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni qachon kutayotgani ma’lum qilinmagan.
Narxlar oshishi ham kutilmayapti: zavod narx o‘zgarishini 15 kun oldin e’lon qilishi shart va hozircha bunday e’lon berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yillardan buyon byudjet segmentidagi avtomobillar sotuvi qo‘lda amalga oshirilmoqda — har bir necha oyda UzAuto Motors UzAuto Savdo platformasida shartnomalar ochadi, u yerda ko‘plab texnik qiyinchiliklarni yengib o‘tgandan so‘ng va katta omad bilan 6-9 oylik shartnomaga ega bo‘lish mumkin.