Narxning oshishi allaqachon to’langan shartnomalarga ta’sir qilmaydi.
17 oktabr kuni Cobalt, Gentra, Damas, Labo va Onix MT narxlari oshgani ma’lum bo’ldi. Ushbu maqola e’lon qilingan vaqtda ushbu modellar uchun shartnomalar tuzilmaydi va ularni sotib olish mumkin emas. Biroq yangi narxlar va konfiguratsiyalar Chevrolet.uz rasmiy saytida allaqachon e’lon qilingan.
To’langan shartnomalar bo’yicha narxlarni oshirishga ruxsat beruvchi band shartnomadan chiqarib tashlandi.
Mashina narxi oshirilgunga qadar to‘lashga muvaffaq bo‘lganlar uni eski narxda olishadi.