Chevrolet CobaltChevrolet Gentra / LacettiНовости

Lacetti va Cobalt Magnitofonsiz Chiqadi

19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

Реклама

«UzAuto Motors» kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyerlarning to’xtab qolishi hamda ishchi o’rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo’llanilgan yagona to’g’ri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.

19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo’llanilishi yuzlab iste’molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada yetkazilishini ta’minlaydi.

Реклама

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:

– Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o’rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o’z avtomobilini magnitolasiz olish. Xohishingizga ko’ra, bozordan o’zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o’rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo’qotmaysiz.

– Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan so’ng, avtomobilni qayta jihozlash.

Kompaniya xaridorlardan uzr so’raydi. Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi.

Mikrosxemalar yetishmovchiligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yagona bo’lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasini ham chetlab o’tmadi. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani yetkazib berishni noma’lum muddatga to’xtatdi.

Lacetti va Cobalt Magnitofonsiz Chiqadi - 1

“Covid-19 sababli yarimo’tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o’z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning yetishmovchiligiga olib keldi. … UzAuto talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o’zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan yechim izlayapmiz”,– deya xabar beradi Humax Automotive .

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button