UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

UzAuto Motors aksiyalari UZMT (UZAM) fond birjasida joylashtirildi

O‘zbekiston fond bozori tarixidagi aksiyalarning umumiy qiymati bo‘yicha eng yirik IPO yakunlandi – “UzAuto Motors” AJ aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy taklif (IPO) orqali joylashtirildi.

Реклама

Savdolar yakuniga ko’ra, kompaniyaning 56,9 mlrd so’mlik aksiyalari Respublika fond birjasiga joylashtirilgan bo’lsa, o’zaro taqsimlanishi bo’yicha 80%i institutsional investorlar (yuridik shaxslar), qolgan 20%i jismoniy shaxslar hissasiga to’g’ri keladi.

Biroq, milliy avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalariga talab kutilganidan ancha past bo’lib chiqdi: dastlab zavodning 5 foizini IPO orqali sotish rejalashtirilgan edi, keyin joylashtirish hajmi 1 foizga qisqartirildi va natijada 0,29 foizni tashkil etdi. UzAuto Motors aksiyalarining % sotilgan.

22-fevraldan Toshkent birjasida UZMT aksiyalarining muomalaga chiqarilishi boshlanadi.

Реклама

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button