UzAuto olib-sotarlar tufayli shartnoma berishni olmaydi
UzAuto Motors kompaniyasi blekaut oqibatida komponentlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishida yuz bergan uzilishlar, shuningdek, olib sotarlar sonining ko‘payib ketgani bois Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun arizalar qabul qilishni qayta tiklay olmadi. Dekabrda to‘xtatilgan shartnomalarni qabul qilish jarayoni 1 fevraldan qayta tiklanishi rejalashtirilgan edi.
UzAuto Motors o‘zining Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnomalarni qabul qilishni qayta tiklamadi, xolbuki kompaniya 1 fevraldan shartnomalar tuzishni rejalashtirgandi.
«Gazeta.uz»ning avtomobil sanoatidagi manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchi 25 yanvar kuni kuzatilgan keng qamrovli elektr energiyasidagi uzilishlardan so‘ng, muammolarga duch kelgan. Elektr uzilishlari gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga olib keldi, bu esa komponentlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning tizimli ishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Buning yana bir sababi xaridorlar va olib sotarlarning navbati uzunligi aytilmoqda. UzAuto Motors mijozlarining ma’lumotlari bazasiga muvofiq, 2021 yilda kelgusidagi xaridlar uchun oldindan 40 mingdan ortiq shartnoma tuzilgan.
2020 yilda ishlab chiqarish hajmi yiliga 280 ming avtomobilni tashkil etgan, xarid uchun arizalar soni esa 240 ming atrofida bo‘lgan. Biroq, 2021 yil dekabr oyining o‘rtalarida to‘lovga layoqatli talab 325 mingdan oshib ketdi — yil boshidan yangi avtomobillar uchun aynan shuncha ariza ro‘yxatga olingan, bu paytda esa ishlab chiqarish hajmi 236,6 mingni tashkil qildi.
Olib sotarlar tufayli ortiqcha talab va korrupsiyaviy elementlar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli ham kompaniya «yangi avtomobillarni qayta sotilishining oldini olish uchun vaqtinchalik choralar ko‘rishga» majbur, deya ta’kidladi manba.
UzAuto Motors aynan qachondan boshlab arizalarni qabul qilishni boshlashi hozircha noma’lum.
20 dekabr kuni kompaniya dunyoda yarimo‘tkazgichlar va logistik muammolar tufayli Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgandi. Bu vaqt ichida kompaniya «avval berilgan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zining ustuvor vazifasi» deb hisoblashini ma’lum qilgandi.