UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

UzAuto Motors: Chevrolet Tracker va Onix bu yil Spark va Nexia o’rnini egallaydi

Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish 2022 yilda to‘xtatiladi

Реклама

“UzAuto Motors” AJ joriy yilning birinchi 6 oyligida 160 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Shuningdek iste’molchilarning talablarini inobatga olib, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Iste’molchilarning zamonaviy avtomobilga bo’lgan talabining ortib borayotganligi sababli, “UzAuto Motors” ishlab chiqarish liniyalarini bosqichma-bosqich yangi avtomobil modellariga o’tkazmoqda.

Detroytda General Motors kompaniyasi vakillari bilan modellar qatorini yangilash va ishlab chiqarish hajmini oshirish doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda, UzAuto Motors zavodi ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Chevrolet Tracker va Onix bilan bir qatorda Chevrolet avtomobillarining zamonaviy modellari bilan kengaytirish va ishlab chiqarilayotganlarini yangilash (facelift) bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Aytib o’tadigan bo’lsak, joriy yilning iyul oyida Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ydi. Oradan bir hafta o’tgach, PPV (пред-продакшн) bosqichida birinchi Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqardi. 2023 yil boshida Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Реклама

Konveyerlarning yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishga o‘tkazilishi munosabati bilan, 2022-yil yakunida Chevrolet Spark va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Qolgan butlovchi qismlar yil davomida ushbu avtomobil modellarining turli konfiguratsiyalardagi so’nggi partiyalarini cheklangan miqdorda ishlab chiqarishni davom ettirish imkonini beradi. Bugundan boshlab, ushbu Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda UzAuto Motors avtomobillariga bo’lgan talabning yuqori ekanligini inobatga olib, kompaniya Chevrolet Spark va Nexia avtomobillari eksport hajmining bir qismini ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qildi.

Chetga eksportga jo’natiladigan komplektatsiyalar bir qator qo’shimcha opsiyalarni o’z ichiga oladi, jumladan: Yevro 5 katalizatorli dvigatel, ERA-GLONASS tizimi, ikkita rangga ega bo’lgan korpus va boshqalar. Sotuvga chiqariladigan avtomobillar komplektatsiyasiga qarab, kuchaytirilgan dvigatel, karter himoyasi, char qoplamali rul, qoraytirilgan orqa oyna, qo’shimcha dinamiklar, yon xavfsizlik yostiqchalari va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button