📉 Lacetti ishlab chiqarilishi to‘xtatildi, Tracker kamaydi, lekin Cobalt, Onix va Damas soni oshdi
2025-yilning birinchi choragida UzAuto Motors Cobalt, Damas va Onix modellarini ko‘proq ishlab chiqardi. Biroq umumiy ishlab chiqarish hajmi deyarli o‘zgarmadi — atigi 0,49% o‘sish qayd etildi.
UzAuto Motors 2025-yilning yanvar–mart oylarida 76 904 dona yengil avtomobil ishlab chiqardi. Bu 2024-yildagi 76 526 ta ko‘rsatkichdan deyarli farq qilmaydi.Onix ishlab chiqarish hajmi 41,21% ga, Cobalt — 13,58% ga, Damas esa — 17,97% ga oshdi. Bu o‘sish Lacetti ishlab chiqarishining to‘xtatilishi va Tracker modelining qisqarishi hisobiga yuz berdi.
UzAuto Motors ishlab chiqarish statistikasi (yanvar–mart, 2025)
Model | Q1, 2024 | Q1, 2025 | O‘zgarish |
Cobalt | 28 356 | 32 208 | +13.58% |
Damas | 18 996 | 22 409 | +17.97% |
Tracker | 12 025 | 10 513 | -12.57% |
Lacetti/Gentra | 8 811 | 0 | -100.00% |
Onix | 8 338 | 11 774 | +41.21% |
Jami (UzAuto Motors) | 76 526 | 76 904 | +0.49% |
Lacetti ishlab chiqarilishi to‘xtagach, uning o‘rnini Cobalt va Onix modellari egalladi. Damas esa tobora ommalashmoqda. 2018-yilda Damasni olish uchun 1,5 yil kutish kerak bo‘lgan bo‘lsa, bugun uni navbatsiz xarid qilish mumkin.