UzAutoMotors va GM Uzbekistan YangiliklariЦены на автомобили UzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

UzAuto Motors Cobalt uchun shartnomalar ochiladi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni ochmoqda. Savdolarni qayta tiklash ishlab chiqarish jadvalining oldinda ketayotgani tufayli mumkin bo‘ldi.

Реклама

Chevrolet Cobalt savdolari qayta tiklanmoqda. Shartnomalarni faqat onlayn tarzda, savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin.

Juma kuni, 21 iyun, soat 10:00 da, 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili uchun onlayn shartnoma ochiladi.

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun shartnomalarni ochmoqda. Savdolarni qayta tiklash ishlab chiqarish jadvalining oldinda ketayotgani tufayli mumkin bo‘ldi.

Реклама

Shartnomalarni faqat onlayn, savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzish mumkin. Mobil ilova va Telegram bot faqat navbatni tekshirish uchun ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta shartnomalar olti oy oldin, 2023 yil 25 dekabrda ochilgan edi. O‘shanda Chevrolet Cobalt’ning 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi bir kun ichida sotib yuborilgan edi.

Ikki kun ichida Chevrolet Cobalt uchun deyarli 100 ming shartnoma tuzilgan, natijada Cobalt uchun navbat bir yilga – 2024 yil dekabr oyigacha cho‘zilgan edi.

Bu holat One ID tizimining ishlamayotgani va savdo maydonchasining doimiy texnik nosozliklariga qaramay yuz berdi, shuning uchun shartnoma tuzish deyarli imkonsiz edi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.

Fursatdan foydalanib, UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni qat’iy so‘raydi. Savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon mavjud emas.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button