UzAuto Motors shartnomasini qanday to‘lash mumkin: karta, terminal yoki Click orqali

UzAuto Motors bilan Cobalt va boshqa modellar uchun tuzilgan shartnomalarni Payme, Click, Paynet, Uzum bank, Asakabank, Milliy (NBU) va Asia Alliance Bank orqali to‘lash imkoniyati mavjud.

Banklar va to‘lov ilovalari UzAuto Motors (GM Uzbekistan) avtomobillari uchun shartnomalarni onlayn to‘lashni yo‘lga qo‘yishni boshladi.

Bank orqali to‘langanda hech qanday komissiya olinmaydi

To‘lovni amalga oshirish uchun xaridor JSHSHIR (PINFL), shartnoma sanasi va raqamini, shuningdek to‘lov summasini kiritishi lozim.

UzAuto Motors shartnomalarini onlayn to‘lash shartlari

Ilova Komissiya
Click — Mening Avto 0,6%
Payme 0,6%
Paynet 0,7
Asia Alliance Bank bepul
Uzumbank bepul
Asakabank bepul
Milly NBU bepul

Ilovada qidiruv qatoriga UzAuto yoki GM so‘zini kiritib, avtomobil uchun shartnoma to‘lovini tanlash kerak. Boshqa ilovalardan farqli o‘laroq, Clickda bu funksiya alohida «Mening avtomobilim» bo‘limiga joylashtirilgan.

UzAuto Motors uchun UzCard, Humo, Visa karta, yoki naqd pul (so’m/dollar) bilan — Munis tizimi orqali mimkin

Bundan tashqari, Markaziy bankning hisob-kitob kliring tizimi (MUNIS) orqali shartnoma to‘lovini amalga oshirish uchun UzAuto Motors hamkor banklaridan bo‘lgan o‘n sakkizta ishtirokchi bankdan biriga murojaat qilish mumkin:

  1. «Asakabank»
  2. «Kapitalbank»
  3. «Infin bank»
  4. «Ipotekabank»
  5. «Mikrokreditbank»
  6. «Asia Alliance bank»
  7. «Turonbank»
  8. «Трастбанк»
  9. «National Bank of Uzbekistan»
  10. «Partner bank»
  11. «Orient Finans Bank»
  12. «Turkistan bank»
  13. «Tenge bank»
  14. «Universalbank»
  15. » Ziraat bank Uzbekisatan»
  16. «Poytaxt bank»
  17. «Davr bank»
  18. «Ipak Yu’li Bank»

Avtomobil uchun to‘lovlarni amalga oshirishda hech qanday komissiya olinmaydi.

UzAuto Motors shartnomasi dollarda to‘lash mumkinmi?

O‘zbekistonda tovarlar va xizmatlar uchun chet el valyutasida to‘lovlarni qabul qilish taqiqlangan, ammo xaridor UzAuto Motors bilan tuzilgan shartnomani to‘lash uchun bankka murojaat qilsa, valyutani ayirboshlash punktida topshirib, to‘lovni so‘mda amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha yirik avtosalonlarda bank kassalari va ayirboshlash punktlari mavjud: u yerda ham dollarni almashtirish va shartnomani darhol to‘lash mumkin.

Exit mobile version