Viloyat haydovchilari Toshkentda skuter raqami olishlari mumkin
1-martgacha skuter, elektrosamokat va moped haydovchilari A toifali haydovchilik guvohnomasini olishlari va o‘z transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
Viloyatlardan kelgan haydovchilar skuter uchun raqamlarni Toshkentda olishlari mumkin
Fayzobod GAIda haydovchi Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa ham skuterni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam olish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 1-martgacha skuter, elektrosamokat va moped haydovchilari A toifali haydovchilik guvohnomasini olishlari va o‘z transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
1-martdan boshlab skuterni faqat haydovchilik guvohnomasi va davlat raqami bilan boshqarish mumkin bo‘ladi
Skuter, moped va elektrosamokat egalari 2025-yil 1-martgacha A toifali haydovchilik guvohnomasini olishlari va transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim.
Qayta qurishdan so‘ng Fayzobod YHXBda xizmatlardan foydalanish uchun elektron navbat tizimi joriy etilgan va bir vaqtning o‘zida bir nechta transport vositalari texnik ko‘rik postlari faoliyat yuritmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari 1 420 000 so‘mni tashkil etadi:
— 32 500 so‘m — ariza;
— 562 500 so‘m — davlat raqami;
— 262 500 so‘m — texnik pasport;
— 562 500 so‘m — ro‘yxatdan o‘tkazish.
Skuterlar uchun raqamlar hududlararo tamoyil asosida beriladi va O‘zbekistonning barcha hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilar uchun mavjud.