Chery yangi modeli O‘zbekistonda sotuvga tayyorlanmoqda

Chery kompaniyasi 2025-yilda O‘zbekistonda Tiggo 9 PHEV gibrid elektromobilini sotuvga chiqarishni boshlaydi. O‘zbekistonda Tiggo 9 PHEV narxi 500-600 mln so‘m atrofida bo‘lishi mumkin. 

Yangi Chery modeli O‘zbekistonda paydo bo‘ladi

Chery O‘zbekiston bozoriga Tiggo 9 PHEV gibrid avtomobilini chiqarishga tayyorlanmoqda. Rossiyada Tiggo 9’ning benzinli versiyasi 2024 yilda $42 000 – $50 000 orasida baholangan.

Tiggo 9 PHEV raqobatchilari:

O‘zbekistonda Tiggo 9 PHEV narxi 500-600 mln so‘m atrofida bo‘lishi mumkin.

Chery Uzbekistan gibrid modellarni mahalliy bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. 2025 yilda Tiggo 9 PHEV sotuvga chiqadi, uning umumiy yurish masofasi 1300 km bo‘ladi.

Model chiqarish uchun ayni eng qulay vaqt: 1-maydan boshlab elektromobillar importi uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi, lekin bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Chery yig‘ilayotgan ADM Jizzakh zavodiga taalluqli emas.

Rasmiy e’lon hali bo‘lmagan, biroq Chery marketing tadqiqotlari olib bormoqda va avtomobilning bozordagi o‘rni haqida ayrim ma’lumotlarni oshkor qilgan.

Chery Tiggo 9 PHEV texnik xususiyatlari

Chery Tiggo 9 PHEV

Tiggo 9 PHEV zamonaviy DHT ikki uzatmali gibrid tizim bilan jihozlangan bo‘lib, 530 Nm aylanuvchi momenti tufayli 100 km/soat tezlikka atigi 7 soniyada erishadi.

Gibrid rejimida yoqilg‘i sarfi minimal darajada – 100 km uchun bor-yo‘g‘i 4,8 litr. To‘liq yonilg‘i baki va to‘liq quvvatlangan akkumulyator bilan yurish masofasi 1 300 km gacha yetadi.

Krossover konstruktsiyasida 80% yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan foydalanilgan. Xavfsizlikni 10 ta xavfsizlik yostig‘i va 19 ta haydovchiga yordam beruvchi tizimlar (ADAS) ta’minlaydi.

Tiggo 9 PHEV zamonaviy opsiyalar bilan boyitilgan va bu borada Xitoy elektromobillari bozoridagi raqobatchilariga mos keladi.

Tiggo 9 tashqi dizayni Chery’ning zamonaviy uslubida ishlangan: ulkan radiator panjarasi, LED chiroqlar va sport xarakterini aks ettiruvchi uslubiy yon chiziqlar.

Ichki salon tipik Xitoy elektromobili ruhida yaratilgan: katta sensorli ekranlar, ko‘plab tugmalar va yuqori komplektatsiyada haqiqiy charm qoplamalar mavjud.

Texnologik yechimlar orasida 540° atrofni kuzatuv kameralari, simsiz telefon quvvatlash, panoramali lyuk, ikkita (12,3 va 15,6 dyuym) displeyga ega multimedia tizimi, Sony audiotizimi (12 ta dinamik) va 256 xil rangga sozlanadigan atmosferik yoritish mavjud.

Chery Tiggo 9 PHEV narxi

Chery’ning ushbu yangi gibrid modeli hozircha Rossiya va Qozog‘istonda sotilmaydi, shuning uchun uning rasmiy narxi e’lon qilinmagan.

Biroq, Rossiyadagi rasmiy dilerlar Tiggo 9’ning benzinli versiyasini $42 000 – $50 000 oralig‘ida sotmoqda.

Shuningdek, Chery o‘tkazgan marketing so‘rovnomasida Tiggo 9 PHEV uchun taxminiy narx diapazoni 450 – 630 mln so‘m ekanligi qayd etilgan. Ushbu modelning asosiy raqobatchilari:

Shu raqobatchilarni inobatga olsak, Tiggo 9 PHEV O‘zbekistonda taxminan 500 – 600 mln so‘m atrofida baholanishi mumkin. Bu narx ADM Jizzax zavodida yig‘ilayotgan Chery avtomobillari uchun amal qilayotgan bojxona imtiyozlari va utilizatsiya yig‘imlariga qaramay shakllangan.

Exit mobile version